Jahon | 19:45 / 09.03.2018
14127
4 daqiqa o‘qiladi

Ko‘chirmakash "brendlar": Facefood, Dumb Starbucks, OFC va boshqalar

The Next Web ijtimoiy media direktori Mett Navarra kafe egalarining Facebook brendi nomidan foydalanayotganiga e'tibor qaratdi. Vc.ru tahririyati kafe faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Starbucks, Burger King va KFC va boshqa mashhur brendlar imitatsiyalari namunalarini to‘pladi.

Facebook

2012 yilning noyabrida Kardiff (Buyuk Britaniya)da Facefood kafesi ochildi. Inshoot asoschisi Samir Bugachi Facebook unga savdo markasidan foydalanish bo‘yicha e'tiroz bildira olmaydi, deb hisoblaydi.

Foto: Facefood kafesi menyusi

"Men Facebook'dan bir so‘zni ham o‘g‘irlaganim yo‘q, shunday ekan e'tirozga o‘rin yo‘q".

Samir Bugachi, Facefood egasi

Bugachining so‘zlariga ko‘ra, Facebook vakillari u bilan bog‘lanishmagan.

Facefood — Facebook uslubidan ko‘chiruvchi Buyuk Britaniyadagi yagona inshoot emas. Belfastda 2013 yildan buyon Fishbook kafelar tarmog‘i ham faoliyat yuritadi.

Foto: Instagram/fishbook_belfast 

Starbucks

2014 yilda Los-Anjyelesda komik Neten Filder Dumb Starbucks qahvaxonasini ochdi. Filder original Starbucks logosi va rangini qo‘lladi, lekin inshoot nomiga «dumb» so‘zini qo‘shdi.

Foto: Starbucks qahvaxonasi 

"Har qanday kichik biznes ham inshoot ijarasi uchun imkon topa olmaydi, men hazillashib kichik kafe ochishga harakat qilib ko‘rsammikan deb o‘ylab qoldim".

Neten Filder, Dumb Starbucks asoschisi

Starbucks vakillari Filderning kafesi ochilishiga turlicha yondashishdi: "Hazil bizga ham yoqadi, biroq hech kimga bizning savdo markamizdan foydalanish huquqi berilmagan".

2014 yilning 11 fevralida kafe Los-Anjyeles sog‘liqni saqlash departamenti tomonidan yopilgan.

Burger King

2013 yilda Pittsburg (AQSh)da Burger King'ga o‘xshash kafe ochilgan. Bir necha oy o‘tgach mijozlar original Burger King oshxonasidan farq qiluvchi yeguliklar sifatidan shikoyat qila boshlashgan.

WPXI mahalliy nashri vakillari inshoot egasiga izoh talab qilib murojaat qilishganda qo‘riqchilar ulardan ketishni so‘rashgan. Bir necha kun o‘tgandan keyin kafe vakili WPXI muxbiriga inshootning haqiqiy nomi South Side Burgers ekanini aytgan. Kafedagi yozuvda esa boshqa nom — Burger King yozilgan bo‘lgan.

WPXI muxbirlari Pittsburg sog‘liqni saqlash departamenti bilan bog‘lanishgan va xodimlarni savdo markasidan nosanksiyaviy foydalanilayotgani va mijozlarning yeguliklar sifatidan shikoyat qilayotganidan ogohlantirishgan. Departament vakillari restoran o‘z nomini o‘zgartirmagunicha uni yopishga va'da berishgan. Bir necha kundan keyin restoran yopilgan.

KFC

2011 yilning aprelida Huffington Post nashri Xitoyning OFC («Obama Fried Chicken») restorani logosida AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning suratidan foydalanganligi, bu esa KFC fastfudi uslubidan nusxa ko‘chirish ekaniga diqqatni qaratdi.

KFC bilan ehtimoliy yuridik nizolar kelib chiqmasligi uchun inshoot asoschisi Ju Baolay kafe nomini UFC'ga o‘zgartirishga qaror qilgan. Bir qancha vaqt o‘tgach, Baolay mahalliy hukumat bosimi ostida KFC uslubi elementlaridan voz kechib, kafe peshtoqidagi yozuvni o‘zgartirdi.

"Obamaning suratidan foydalanish va firmamiz uslubiga  o‘xshash uslub savdo markamiz huquqlarini buzadi".

KFC vakili

Mavzuga oid