Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, voqea Yunusobod tumanida ro‘y bergan. IIV va DXX xodimlari Spark’ni to‘xtatib, avtomobil old qismini ko‘zdan kechirgan. Mashinadan polietilen paketlarga o‘ralgan 5 kilogramm giyohvandlik vositalari topilgan.

Surishtiruv davomida gumonlanuvchining sherigi borligi aniqlangan va uning uyi ham tekshirilgan. Xonadondan olti o‘ramda bir necha turdagi narkotik moddalar topilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda jami 5 kilogramm 370 gramm giyohvandlik moddalari tarqalishining oldi olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.