Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Ispaniya chempionati rekordiga yaqinlashmoqda
«Barselona» Ispaniya chempionatining 28-turida «Malaga» ustidan g‘alabaga erishdi.
La Liga yetakchisi bu g‘alabadan keyin turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Turnir jadvalining oxirida qolayotgan jamoaga qarshi o‘yin natijasi tanaffusga qadar aniq bo‘lib ulgurgandi.
Jamoaning ikki yetakchisi, Lionel Messi oilaviy sababga ko‘ra o‘yinni o‘tkazib yubordi, Andres Inesta esa jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmadi. Ammo Luis Suares va Felippe Koutinoning gollari g‘alabani ta'minladi.
«Barselona» Ispaniya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi (35 o‘yin, bu klub rekordi yangilanishi). Bu boradagi Ispaniya chempionati rekordi «Real Sosedad»ga tegishli hisoblanadi, basklar jamoasi 1979-1980 yilgi mavsumda qatorasiga 38 o‘yinda yutqazmagandi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026