22:35 / 11.03.2018
42403

"Pole chudes" boshlovchisi Leonid Yakubovich Buxoroda

O‘zbekistonga Rossiya yahudiylar kongressining 50 kishidan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlar orasida barcha sevib tomosha qiluvchi "Pole chudes" teleko‘rsatuvi boshlovchisi, taniqli aktyor, Rossiya yahudiylar kongressi a'zosi Leonid Yakubovichning borligi kutilmagan yangilik bo‘ldi, deyiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Facebook sahifasida.

Mehmonlar borgan birinchi joy viloyat yoshlar markazi bo‘ldi, qachonlardir bu yerda Vladimir Visotskiy konsert bergan. Ular shu yerning o‘zida shahar hokimi Karim Kamolov bilan uchrashishdi. Suhbat davomida shahar ma'muriyati rahbari Buxoro, uning bugungi kundagi tarixiy ahamiyati haqida so‘zlab berdi, shaharning jahon turizm markazlaridan biriga aylantirishga doir rejalar bilan bo‘lishdi.

Shuningdek asrlar osha bizning o‘lkamizda yuzlab ming yahudiylar boshqa millat vakillari bilan yelkama-yelka, tinch yashashgani va mehnat qilishgani qayd etildi. Bugunga kelib viloyatda 500 nafar yahudiy istiqomat qiladi. Rossiya yahudiylar kongressi rahbari Yuriy Kanner, o‘z navbatida, Buxorodagi turizm sohasida amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi va shaharni "dunyo poytaxtlaridan biri" deb atadi. Shu bilan birga, u Buxoroning qadimiy tarixiy obidalari haqidagi ilk taassurotlari bilan bo‘lishdi. Uchrashuv oxirida tomonlar sovg‘alar bilan almashishdi. 

"O‘zbekistonda urf-odatlar va an'analarni saqlab qolishga bo‘lgan bunday yondashuv juda yoqimlidir. Bizning xalqlarimiz o‘rtasida o‘xshashliklar ko‘p, - deydi Yuriy Kanner. - Aynan shu o‘xshashlik ko‘p asrlik do‘stligimizga sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Buxoroda hanuz yahudiylar jamiyati, 2 sinagog, shuningdek 200 dan ziyod bola ta'lim oluvchi yahudiylar maktabining mavjudligi shubhasiz odamni quvontiradi. Bu bir narsani bildiradi - o‘zbek-yahudiy aloqalari yanada mustahkamlanadi".

Shundan so‘ng mehmonlar Vladimir Visotskiy ko‘p yillar avval konsert bergan zalga taklif qilindi. Leonid Yakubovich qachonlardir mashhur aktyor va qo‘shiqchi bo‘lgan muhitni his qilish unga uning sahnasiga chiqish istagini bildirdi. Shundan so‘ng u o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi.

"Inson qanday dinga e'tiqod qilmasin, unda doim ishonch bo‘lishi muhim, - deydi teleboshlovchi. - Men Buxoroda ko‘p yillar ilgari bo‘lgandim, shahringizda meni hayratga solgan narsa yuzlab, minglab yillar avval qurilgan obidalarning hanuz ilk ko‘rinishini saqlab qolgani bo‘ldi. Mening fikrimcha, sizlar qalblaringizda mayoq kabi nur taratib turgan ishonchingiz tufayli buning uddasidan chiqqansiz".

Ta'kidlash joizki, kongress har yili yahudiylar yashovchi mamlakatlardan biriga sayohat qiladi va bu safar ular O‘zbekistonni tanlashdi. Delegatsiya bu yerga Samarqanddan keyin tashrif buyurdi. Ular Samarqandda ham shahardagi yahudiylar jamiyati hayoti bilan tanishishdi. Rossiya yahudiylar kongressi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top