Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Disney "Yulduzlar jangi" parklari qurilishiga 2 milliard dollarga yaqin mablag‘ kiritdi (suratlar+video)
Disney "Yulduzlar jangi" lavhalarini uzoq samodan olib, oyoqlarimiz ostiga tashlamoqda. Kompaniya Florida va Kaliforniyada ikki mavzuiy parkini qurmoqda, parklar to‘liq "Yulduzlar jangi"dagi voqea-hodisalar yo‘nalishida bunyod etilmoqda. 14 akrli hudud 2019 yilda ochilishiga qaramay, Disney qurilish ishlari faol olib borilayotgan katta maydondan misli ko‘rilmagan lavhalar bilan bo‘lishdi.
Disney'da ta'kidlanishicha, Kaliforniyadagi bu park biz hali ko‘rib ulgurmagan Outer Rim dunyosidagi Batuu sayyorasiga o‘xshaydi. Ikki bosqichli "Yulduzlar jangi" parkining qurilishi 2016 yilning aprelida boshlangan. Loyihaga 2 milliard dollarlik byudjyet bilan start berilgan.
Disney o‘zining ikki yulduzli mavzuiy parki qurilishini namoyish qildi
Epik loyiha allaqachon yo‘lga qo‘yilgan
Ikki park ham 14 akrli maydonni qamrab olgan
Ushbu "Yulduzlar jangi" bioxavfsiz maskanining qurilishi byudjyeti - 2 milliard dollar
Quyida uning hozirgi holatini namoyish qiluvchi videorolik taqdim etiladi
Park 2019 yilda ochilganida quyidagicha ko‘rinish olgan bo‘ladi
Unda hatto sevimli Millenium Falcon kabi nishonlar ham taqdim etiladi
Tanish joylar va personajlar orasida
Mavzuga oid
21:18 / 20.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishining borishi bilan tanishdi
10:09 / 09.08.2025
Obektlarni Fast-track usulida qurishga ruxsat berish amaliyoti bekor qilinadi
23:49 / 04.08.2025
Hukumat “Sea Breeze Uzbekistan” qurilishini tasdiqladi
03:00 / 08.05.2025