Disney kompaniyasi Yaqin Şarqdagi birinçi tematik boğini quradi. U BAA poytxati Abu-Dabida oçiladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, «Disneylend» Yas sun’iy orolidan joy oladi. Loyiha tafsilotlari oşkor etilmayapti. Disney faqat loyihani işlab çiqişga taxminan ikki yil, boğni qurişga esa olti yilga yaqin vaqt ketişini ma’lum qilgan.
«Abu-Dabidagi «Disneylend» çinakam Disney ruhida böladi, şu bilan birga, u amirliklarga xos betakrorlikni ham özida aks ettiradi — bu dunyo çorrahasida joylaşgan ajoyib Disney öyin-kulgi oazisiga aylanadi», — deydi The Walt Disney Company boş direktori Robert Ayger.
Kompaniyadagilarga köra, BAAda dunyodagi eng yirik aviatsiya habi joylaşgan. Yer aholisining uçdan bir qismi uçun Arab Amirliklariga taşrif buyuriş örtaça tört soatni taşkil etadi — mamlakat istiqbolli turistik yönaliş hisoblanadi.
Hozirgi kunda dunyoda oltita «Disneylend» mavjud — ular Kaliforniya, Florida, Tokio yaqinidagi Urayasu şahri, Şanxay, Hongkong va Parijda joylaşgan.

















