23:10 / 12.03.2018
12080

Filippin prezidenti BMT mutaxassislarini “timsohlarga yem qilishni” taklif qildi

Foto: Aaron Favila

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Zamboanga shahridagi chiqishida harbiylarni BMT mutaxassislari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish va ularni “timsohlar oldiga tashlashga” chaqirdi. Bu haqda RT telekanali xabar bermoqda.  

Duterte BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ra'd al Husaynning unga psixiatrik tekshiruvdan o‘tish taklifiga shu tariqa javob bergan.

Duterte al Husaynni “ahmoq” deb atab, BMT mutaxassislari bilan hamkorlik qilmaslikka va ularning inson huquqlari borasidagi savollariga javob bermaslikka chaqirgan. “Buni menga qoldiring. Ular bu yerga keladilar. Bu yerda sizlarda inson go‘shtini yeydigan timsohlar bor shekilli? Bu ko‘ppaklarni ularni oldiga tashlang”, deb aytgan Duterte.  

Avvalroq al Husayn fevralda BMTning maxsus ma'ruzachilaridan biri Filippinda terrorchilikda va Filippin yangi xalq armiyasi va kommunistik partiyasiga a'zolikda ayblanayotgan 600 kishidan iborat ro‘yxatga tushgani sababli Dutertega psixiatrik tekshiruvdan o‘tishni taklif qilgan.

Mavzuga oid
Top