Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda havo harorati sovib ketishi kutilyapti
Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonda 14 mart kunidan butun respublika bo‘ylab havo harorati keskin pasayishi kutilyapti.
Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 14 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-14 martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 12-13 martda ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 13-14 martda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 12-13 martda ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, Harorat 12-14 martda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida 13-14 martda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 13-14 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 12-15 martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 14 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-14 martda kechasi 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq o‘rtasida bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:24 / 12.01.2026
Yanvar oxirida sovuq kunlar bo‘ladimi?
08:54 / 09.01.2026
Noqulay ob-havo sabab bir qator reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi
10:30 / 08.01.2026
Ekologiya qo‘mitasi: havo ifloslanishini noqulay meteosharoit kuchaytirmoqda
09:31 / 08.01.2026