“Innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish yoshlar jamoasi” tuzildi
O‘zbekistondagi innovatsion g‘oyalarga ega yoshlar yagona jamoa bo‘lib birlashadi. O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti bir guruh iqtidorli talabalari tashabbusi bilan “Innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish yoshlar jamoasi” tashkil etildi. Jamoaning tashkil etilishidan asosiy maqsad, Respublikamizda tahsil olayotgan barcha iqtidorli talaba yoshlar bilan birgalikda mamlakatimizning ko‘plab sohalari uchun innovatsion g‘oyalarini saralash va hayotga joriy etishdan iboratdir. Bundan tashqari innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishda yoshlarni birlashtirib, ularning ilmiy-amaliy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda qo‘llab – quvvatlash ham asosiy yo‘nalishlardan biridir.
Ayni jamoaning vazifalar va amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar vazirning birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Umarov va O‘zbekiston Milliy Universiteti (O‘zMU) tashabbuskor yoshlari o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida belgilab olindi. Endilikda Innovatsion rivojlanish vazirligi tavsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy Universiteti tashabbuskor yoshlar jamoasi Yuqori texnologiyalar markazi rahbariyati va vazirlikning bir qator mutaxassislari bilan birgalikda ish olib borishadi.
O‘zbekiston Milliy Universiteti tashabbuskor yoshlar jamoasi rahbari Sodiqjon Babadjanov O‘zbekiston Respublikasida har bir sohani innovatsion rivojlantirishni tashkil etish va bunda O‘zbekistonda mavjud barcha oliy ta'lim muassasalaridagi turli sohalarda tahsil olayotgan iqtidorli, izlanuvchan, o‘zining innovatsion g‘oyalariga ega yoshlar jamoasini tuzishda o‘z tashabbusini bildirdi. O‘zbekiston Respublikasida barcha sohalarda tahsil olayotgan talabalar va yoshlardan iborat har bir yo‘nalishga muvofiq kichik guruhlar tashkil etish rejalashtirildi.
Uchrashuv vaqtida Innovatsion rivojlanish vazirligi innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishda keng ko‘lamda amaliy yordam berishi ma'lum qilindi. Dastlabki yig‘ilishdayoq, O‘zMU tashabbuskor yoshlariga Yuqori texnologiyalar markazida barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi belgilandi. Jamoaning faoliyatini muntazam ravishda nazorat qilib borish Innovatsion rivojlanish vazirligi mas'ul xodimi Ma'sumxon Hakimovga yuklatildi. Kelajakda barcha yosh olimlar va talaba yoshlarni birlashtirgan holda innovatsion sohalarni rivojlanishda ulkan natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu jamoaning o‘z logotipi, shiori bo‘ladi va ular tez orada viloyat yoshlarni ham birlashtirish maqsadida hududlarda ham uchrashuvlar tashkil etishadi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
20:52 / 04.10.2024
Saida Mirziyoyeva Kreativ iqtisodiyot anjumani hamkorlariga minnatdorlik bildirdi
10:30 / 17.09.2024
Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar reyestri joriy etiladi
21:37 / 05.08.2024