Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga qo‘shimchalar kiritildi
Foto: Fotolia
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ularga asosan ochiq obuna tushunchasida nafaqat qimmatli qog‘ozlarni soni cheklanmagan investorlar orasida foydalangan holda joylashtirish, balki qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif etish orqali ham joylashtirishni nazarda tutishi belgilandi.
Shu bilan birga, Qoidalar ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar tushunchasi bilan to‘ldirildi.
Ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar deganda emitentning oddiy aksiyalariga aylantirilishi mumkin bo‘lgan imtiyozli aksiyalari, korporativ obligatsiyalari tushuniladi.
Shuningdek, yagona davlat reyestridan bitta chiqarilishda barcha ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni amalga oshirilgan taqdirda ushbu qog‘ozlarni chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror, risola va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asl nusxalari taqdim qilinadi.
Asl nusxalari yo‘qotilgan taqdirda ushbu holat yuzasidan ommaviy axborot vositalari va Korporativ axborot yagona portalidagi (openinfo.uz) berilgan e'lonlarning nusxalari taqdim etiladi.
Mavzuga oid
14:48 / 29.10.2025
Yangi qoidalar: radiatsiyaviy manbalar xavfsizligi tartibi tasdiqlandi
13:54 / 28.08.2025
Qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga olish va hisobdan chiqarish tartibi belgilandi
15:07 / 05.05.2025
Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi
10:04 / 21.02.2025