“Yöl harakati xavfsizligi tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslarga hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimça va özgartirişlar kiritiş haqida”gi qonun qabul qilindi. 

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçalarga köra, quyidagilar uçun jinoiy javobgarlik belgilandi:

🔹Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravişda tayyorlaganlik, ötkazganlik yoki ulardan foydalanganlik, şuningdek ularni qalbakilaştirganlik uçun;
🔹Avtomototransport vositalari, şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini va traktorçi-maşinistlarni tayyorlaş hamda qayta tayyorlaş, şuningdek imtihonlar ötkaziş va guvohnomalar beriş tartibini buzganlik uçun;
🔹Transport vositasini mastlik holatida boşqarganlik yoki tekşiruvdan ötişdan böyin tovlaganlik uçun;
🔹Transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxsning transport vositasini boşqarganlik uçun;
🔹Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilği aralaşmasida işlaydigan transport vositalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uçun.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.