Özbekiston hukumati yirik qarz oluvçilarga nisbatan «qattiqqölroq» böladi. Bu haqda 2 may kuni Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) konferensiyasida Markaziy bank raisi Timur Işmetov aytib ötdi, deya xabar beryapti Kun.uz muxbiri.

«Yaqin kelajakda biz «yirik qarz oluvçilar» deb ataladigan yangi qoidalarni joriy qilamiz. Markaziy bank ham, hukumat ham bunday qarz oluvçilar uçun alohida normalar çiqaradi», – dedi regulyator rahbari.

Timur Işmetovning qöşimça qilişiça, Markaziy bank örta muddatli istiqbolda tartibga solişni xalqaro standartlarga, jumladan, Bazel III va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiqlaştiriş böyiça işlarni yakunlaydi.

«Maqsadimiz moliyaviy sektorni diagnostika qiliş orqali zaif tomonlarimizni aniqlaş va qayerga borişimiz kerakligini tuşuniş edi. Zaif tomonlarimizni tan olişdan qörqmasligimizni bozorga körsatib qöyiş uçun natijalarni e’lon qilişni rejalaştiryapmiz. Muammolar qayerda ekanini tuşuniş muhim. Hozir biz XVF va Jahon banki tavsiyalarini amalga oşiriş böyiça yöl xaritasini işlab çiqyapmiz va uni naşr etamiz», – dedi u.

Avvalroq, Markaziy bank tomonidan muddatli tölov bozorini tartibga soliş boşlanişi rejalaştirilayotgani xabar qilingandi.