Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi tug‘ruqxonadaligida Ronaldu avjiga chiqdi. Ispaniyada tur voqealari
«Tribuna» Ispaniya chempionatining 28-tur uchrashuvlarini tahlil qiladi.
Messilar ko‘paydi
«Malaga» - «Barselona» - 0:2
Gollar: Luis Suares, 15 (0:1). Filippe Koutinyu, 28 (0:2).
«Malaga»: Roberto, Rosales, Ernandes, Mikel, Rikka, Samuel Garsiya, Iturra, Lasen, Chori Kastro (Lestenn, 61), En-Nesiri (Ideyye, 78), Rolan (Saksess, 78).
«Barselona»: ter Shtegen, Serxi Roberto (Andre Gomesh, 74), Pike, Yumtiti, Jordi Alba (Din, 77), Rakitich, Buskets, Paulinyu, Dembele (Aleysh Vidal, 85), Luis Suares, Filippe Koutinyu.
Yerda Messilar yana bittaga ko‘paydi. Shanba kuni kechqurun argentinalik futbolchining rafiqasi Messiga uchinchi o‘g‘ilni tug‘ib berdi, unga Chiro deya ism qo‘yishdi. Yakshanba kunni ham Lionel Tiago va Mateo ismli o‘g‘illari bilan shifoxonada o‘tkazdi. Shu tufayli u «Barselona»ning «Malaga»ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yubordi. Shu bilan birgalikda, Messi jamoadoshlarini ekran ortidan qo‘llab-quvvatlab turdi. Jamoa esa uni uyaltirib qo‘ymadi - Suares nihoyat «Malaga»ga gol urdi (bungacha u 5 o‘yinda bu jamoa darvozasiga yo‘l topa olmagandi), endi urugvaylik bu futbolchi Ispaniyada qaysi jamoaga qarshi o‘ynagan bo‘lsa (25 jamoa), barchasiga gol urgani bilan faxrlanishi mumkin. Ikkinchi golni Koutino Dembelening pasidan keyin tovoni bilan darvozaga yo‘lladi. Bu juftlik kombinatsiyasi orqali yuzaga kelgan golni eng qimmatbaho gol deb atashmoqda - bu futbolchilar transferi uchun bu mavsumda «Barselona» 225 million yevro sarflagandi.
Krishtianuni to‘xtatib bo‘lmayapti
«Eybar» - «Real» - 1:2 (0:1).
Gollar: Krishtianu Ronaldu, 34 (0:1). Ramis, 50 (1:1). Krishtianu Ronaldu, 84 (1:2).
«Eybar»: Dmitrovich, Kapa, Arbilya, Ramis (Oliveyra, 67), Xose Anxel, Pedro Leon, Dani Garsiya, Eskalante (Diop, 85), Xoan Xordan, Inui (Sharles, 87), Kike.
«Real»: Navas, Karvaxal, Serxio Ramos, Varan (Nacho, 28), Marselu, Kazemiru, Modrich, Kroos (Vaskes, 71), Isko (Benzema, 71), Beyl, Krishtianu Ronaldu.
Kuz bo‘yi va qishning boshlarida barcha Ronalduning Ispaniya chempionati o‘yinlarida gol urmay qo‘yganini muhokama qildi. Bahorga kelib esa «Real»ning portugaliyalik yulduzi yana o‘zini ko‘rsatmoqda. U jamoaning oxirgi 8 uchrashuvida 14 gol urib, 3 golga uzatma berdi. Bu gollardan ikkitasi «Eybar»ga qarshi safar o‘yinida urildi. U to‘purarlar ro‘yxatida yuqorilashda davom etmoqda (18 gol bilan 3-o‘rin). U Grizmanni ortda qoldirgan (16 gol), Messi (24) va Suaresni (21) ta'qib qilmoqda. Pichichi sovrini uchun kurash qizg‘in kechmoqda.
Grizmann «Atletiko»ni yelkasida olib yurmoqda
«Atletiko» - «Selta» - 3:0 (1:0)
Gollar: Grizmann, 44 (1:0). Vitolo, 56 (2:0). Korrea, 63 (3:0).
«Atletiko»: Oblak, Godin, Vrsalko, Ximenes, Ernandez, Gabi, Koke, Saul, Diyegu Kosta (Fernando Torres, 80), Grizmann (Gameyro, 69), Vitolo (Korrea, 59).
«Selta» Ruben Blanko, Ronkalya, Malo, Xonni Kastro, S.Gomes (Kabral, 77), Ernandes, Lobotka, Radoyya (Mendes, 66), Aspas (Boyye, 72), Emre Mor, M.Gomes.
Ispaniya chempionati yakuniga 10 tur qoldi. «Atletiko» esa kuchli to‘rtlikda qolish masalasini, demakki, keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish masalasini hal qilib bo‘lgan. Madridliklar bu turda o‘z maydonida «keltlar»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (3:0). Bu o‘yinda ham asosiy ishni Antuan Grizmann bajardi, u 2018 yilda jamoa uchun fantastik sermahsullik ko‘rsatmoqda - fransiyalik futbolchi «matraschilar»ning oxirgi 11 golidan 10tasida ishtirok etgan (8 gol, 2 pas).
Bu o‘yinni tribunadan turib, Ispaniya terma jamoasi ustozi Xulen Lopetegi kuzatdi, mehmonlar jamoasi safida Yago Aspas o‘zini ko‘rsata olmadi, mezbonlar futbolchisi, terma jamoaga yana bir nomzod Vitolo esa uchinchi golni urdi. Bu o‘yindan keyin Lopetegi Antuan Ispaniyada emas, Fransiyada tug‘ilganidan afsuslangani aniq.
Netu «Sevilya»ni YeChLdan mahrum qildi
«Sevilya» - «Valensiya» - 0:2 (0:1)
Gollar: Rodrigo, 25 (0:1). Rodrigo, 68 (0:2). «Sevilya»: Riko, Merkado, Layun, Eskudero, Langle, Banega, N`Zonzi, Sarabiya (Ben Yyedder, 71), Vaskes, Nolito (Korrea, 63), Muriel (Ramires, 81).
«Valensiya»: Netu, Garay, Xose Gayya (Lato, 85), Murilo, Gabriel Paulista, Parexo, Kokelen, Kondogbya (Torres, 77), Dzadza (Soler, 67), Rodrigo, Gonsalu Gedesh.
Ko‘rinishidan, Ispaniyadan keyingi mavsumda Yevropa chempionlar ligasida qaysi jamoalar ishtirok etishi bo‘yicha barchasi aniq bo‘lgan. Bu tur arafasida to‘rtinchi o‘rinda turgan «Valensiya»dan 6 ochko ortda qolayotgan «Sevilya» o‘z maydonida «Valensiya»ni qabul qildi. Bu uchrashuv YeChL yo‘llanmasi uchun o‘zaro kurash edi. Mezbonlar darvozaboni Netuning seyvlari va mezbonlar himoyasidagi xatolar Rodrigoning dubli evaziga Marselino jamoasi ishonchli g‘alabaga erishishini ta'minladi. Endilikda, «ko‘rshapalaklar» «Sevilya»ni 9 ochkoga ortda qoldirmoqda. Qolgan turlarda bu farqni yo‘qqa chiqarish deyarli imkonsiz ish. Keyingi 5 yilda «Valensiya» faqat bir marta YeChLga yo‘llanma olgan, bu safar ular o‘z imkoniyatlarini ko‘kka sovurmasligi aniq.
28-tur o‘yinlari
Mavsum to‘purarlari
Turnir jadvalidagi holat
Mavzuga oid
14:10 / 03.03.2024
Ispaniyada mojaro, «Liverpul»da aql bovar qilmas yakun. Yevropada kun o‘yinlari
13:58 / 04.01.2024
«Real» qiynaldi, «Jirona» yana iroda ko‘rsatdi. Kun o‘yinlari yakunlari
02:02 / 03.05.2021
La Liga. «Barselona» safarda «Valensiya» ustidan g‘alaba qozondi, Messidan dubl
16:48 / 16.08.2019