Jahon | 16:18 / 13.03.2018
21982
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya AQSh Damashqqa zarba beradigan bo‘lsa, javob qaytarmoqchi 

Foto: Reuters

Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning ma'lum qilishicha, agarda Suriyada rossiyalik harbiy xizmatchilar hayotiga tahdid paydo bo‘ladigan bo‘lsa, Rossiya tegishli javob choralarini ko‘radi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bizning harbiy xizmatchilar hayotiga tahdidlar paydo bo‘ladigan bo‘lsa, Rossiya qurolli kuchlari ham raketalar, ham ularni qo‘llovchi tashuvchilarga nisbatan ta'sir javob choralarini ko‘radi», - deya aytib o‘tdi Gerasimov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni damda Damashqdagi vaziyatni normal holatga keltirish bo‘yicha tegishli tadbirlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli Amerika tomoni Suriya hududida yangi harakatlarga tayyor ekani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid