AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli sözlariga köra, Amerika tomoni Suriya hududida yangi harakatlarga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Şuningdek, biz kimyoviy hujumlar va çidab bölmaydigan azob-uqubatlar yöli bilan öz xohişini majburlab ötkazmoqçi bölgan istalgan davlatni ogohlantiramiz. Ayniqsa, bu Suriya rejimiga aloqador: Qöşma Ştatlar agarda kerak bölsa, hamon tegişli harakatlarga tayyor turibdi. Bu biz xohlagan yöl emas, biroq bu biz tanlamoqçi bölayotgan yöldir, buni aniq körsatdik. Biz uni yana tanlaşga tayyormiz», - deya aytib ötdi Heyli.
Uning sözlariga köra, AQŞ kimyoviy hujum amalga oşirilgan Suriyadagi aviabazaga muvaffaqiyatli zarba berdi, sababi BMT Xavfsizlik kengaşi tegişli çoralarni körmadi.












