Jahon | 19:40 / 14.03.2018
20258
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qadimiy to‘pponcha topildi

Foto: Videodan kadr

AQShning Kolorado shtatidagi Kanna-Krikda olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida 16-asrga mansub ispan to‘pponchasining tepkisi va boshqa qismlari topildi. Topilma ispan mustamlakachilari Amerikaga avval hisoblangandan oldinroq kelganlaridan darak berishi mumkin.

Tadqiqotchilar to‘pponchadan tashqari 16-asrning o‘ziga xos bronejiletlarini topishgan. Kolorado universiteti olimlari topilgan to‘pponcha o‘rta asrlardagi mushketlarning (pilta miltiq) “ajdodi” bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Bu to‘pponcha o‘qotar qurollar orasida yoshi bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid