Şri-Lanka poytaxti Kolombodagi sud zalida Ganemulla Sanjiva nomi bilan tanilgan jinoiy guruh yetakçisi Sanjiv Kumara Samararatne otib taşlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qotil özini advokat sifatida tanitib, sud binosiga kirgan. Jinoyat quroli sifatida u töpponça işlatgan. Qurolni 25 yoşli qiz tekşiruvlardan olib ötgan — uni sahifalari kesib olingan kitob içiga yaşirgan.

Hujumçi qoçişga urindi, ammo uşlandi. Uning şerigi bölgan qiz esa hamon qidiruvda. Politsiya u haqdagi ma’lumot uçun mukofot e’lon qildi.

Yana nimalar ma’lum?

Sanjiva bir neçta qotillikda gumonlanib, 2023 yil sentabrdan beri qamoqda saqlanayotgandi. Ötgan hafta u sudga olib kelingan, söngra hujumga uçragaç, şifoxonaga yetkazilgan, u yerda Sanjiva vafot etdi.

Voqeadan söng parlamentda sudlarda xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş masalasi muhokama qilindi. Öta xavfli gumonlanuvçilar uçun qurolli soqçilar taşkil etiş masalasi kötarildi.

Hodisa rasmiylarning uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşni kuçaytiriş haqidagi va’dalari fonida sodir böldi. 2024 yilda Şri-Lankada kamida töqqizta qotillik jinoyati qayd etilgan.