Qoraqalpoğistondagi “Dovud-ota” çegara bojxona postiga Rossiyadan Lada Largus maşinasida kirib kelgan fuqaroning qöl yuklari va bagaji bojxona nazoratidan ötkazilganida, fuqaro pnevmatik töpponçani olib kelayotgani aniqlangan. Bu haqda respublika bojxona boşqarmasi xabar bermoqda.

Bojxona nazorati davomida fuqaroga tegişli sumka içidan deklaratsiyada körsatilmagan, bojxona xodimining oğzaki sörovida ma’lum qilinmagan, tegişli ruxsatnomalarga ega bölmagan 4.5 millimetrli Stalker pnevmatik töpponça, 25 dona gazballoni (pnevmatik töpponça uçun) hamda 1 482 dona pnevmatik töpponça öqi borligi aniqlangan.

Boşqa bir holatda “Dovud-ota” çegara bojxona postiga Lacetti maşinasida kirib kelgan fuqaro nazoratdan ötkazilganida “Ansar BRT 9 mm” şovqinli töpponça hamda 36 dona “9 mmli R.A.K” nomli rezina uçli patronni Özbekistonga olib ötayotgani aniqlangan.

Ma’lumot uçun, Özbekistonga pnevmatik qurollarni olib kiriş IIV tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oşiriladi. Ruxsatnomaga ega bölmagan har qanday qurolni bojxona çegaralari orqali olib ötişga uriniş javobgarlikka tortişga asos böladi.