Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Angela Merkelni GFR Federal kansleri lavozimiga saylangani bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni Angela Merkelni Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ta'kidlash joizki, bugun Germaniyada to‘rtinchi marta kanslerga aylangan Angela Merkel bundestagda qasamyod keltirdi.
Bundestagda Merkel nomzodi bo‘yicha ertalabki maxfiy ovoz berishda 692 deputat ishtirok etdi, to‘rt byulleten haqiqiy emas, deb topildi. Merkel uchun 364 deputat o‘z ovozini berdi. Shu bilan birga, uning qayta saylanishi uchun minimum daraja 355 ovozga teng edi. Ushbu chaqiruvdagi Bundestagga 709 deputat kirdi.
Mavzuga oid
17:52 / 26.06.2026
Vatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman - Shavkat Mirziyoyev
20:11 / 26.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
20:24 / 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
22:05 / 04.04.2026