Jamiyat | 16:12 / 14.03.2018
12633
1 daqiqa o‘qiladi

Sergelida pichoqbozlik. Mehmon mezbonga pichoq urib, voqea joyidan yashirindi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 12 mart kuni soat 23.55larda Sputnik 1-daha 23-uyda yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan S.R. tanishi, Sputnik 4-dahasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan R.A.ning uyida birga spirtli ichimlik iste'mol qilib o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida S.R. R.A.ning ko‘krak va qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Natijada R.A. kasalxonaga yotqizilgan. S.R.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid