Light | 17:19 / 15.03.2018
32505
4 daqiqa o‘qiladi

93 yoshli italiyalik ayol birgina ezgu ishi bilan minglab kishilar qalbidan joy oldi

Asli Italiyaning Vichentsa shahridan bo‘lgan bu ajoyib ayolning ismi Irma. U 93 yoshda bo‘lishiga qaramay, kuch-quvvatga to‘la va dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish niyatida. Uning nevarasi Facebook'dagi sahifasida buvisining bir necha suratlarini joyladi va bu suratlar internet olamini o‘ziga maftun qildi. 

Bu keksa ayol nimasi bilan minglab kishilar qalbidan joy olgan, qanday ezgu ishni amalga oshirgan bo‘lishi mumkin deysizmi?

Sizning kimligingiz va nima bilan shug‘ullanishingiz muhim emas, dunyoni yanada takomillashtirishga hissa qo‘shishning kechi yo‘q. Atrofimizda o‘zining ezgu ishlari bilan yaxshilik qilish uchun xohishning o‘zi yetarli ekanini yodga soluvchi kishilarning borligi qanday ajoyib!

Foto: Elisa Coltro / facebook

Irmaning nevarasi Eliza uning tinib-tinchimas buvijonisi uzoq sayohatga borishga qaror qilgani haqida so‘zlab berdi. Biroq uning maqsadi dam olish emas: u Keniyadagi bolalar uyida ko‘ngilli bo‘lish istagini bildirdi. 

Foto: Elisa Coltro / facebook

Nevarasining so‘zlariga ko‘ra, Irma doim hayotni yaxshi ko‘rgan va hech qachon to‘siqlar oldida to‘xtamagan. U qiyinchilik nima ekanini juda yaxshi biladi, shuning uchun boshqalarga yordam berishga harakat qiladi. Irma 26 yoshida beva qolgan, shu bois faqat o‘z kuchiga ishonishiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Elisa Coltro / facebook

Ko‘p yillar ilgari taqdir uni butun umrini Keniya aholisiga yordam berish bilan o‘tkazgan Remijo ismli ruhoniyga yo‘liqtirgan. Irma uzoq yillar uni qo‘llab-quvvatlagan. Hozir Remijo shifoxonada. Ruhoniy qurdirgan bolalar bog‘chalari va shifoxonalarga borish istagi Irmada bir necha yil avval paydo bo‘lgandi. Mana nihoyat, buning mavridi keldi.

Foto: Elisa Coltro / facebook

Hozir u yerda Irma bolalarga qo‘lidan kelganicha yordam bermoqda. U Malindi shahridagi maktabda ingliz tili va matematikadan saboq beradi. Ayol bolalar bilan chiroyli narsalar yasash uchun o‘zi bilan birga ignalar, turfa rang iplar, qaychilar va yelimlar olib kelgan.

Foto: Elisa Coltro / facebook

Irmaning hayotga tashnaligi va kuch-g‘ayrati kishilarni hayratga soladi. Ayol uchun yoshning ahamiyati yo‘q. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, u hayotdan quvonib yashashda davom etmoqda.

Foto: Elisa Coltro / facebook

Irma dastlab Afrikada bir necha haftaga qolishni rejalashtirgan edi, biroq endi u bir umrga shu yerlarda qolishi mumkin.

Ayol o‘zining farzandlari va nevaralarini boshqalarga yordam berishga o‘rgatgan. 2016 va 2017 yillarda uning nevarasi Eliza Gretsiyada Yaqin Sharqdan qochgan suriyalik qochqinlarga yordam bergan. Irmaning xatti-harakatlari butun dunyodagi minglab odamlarga ilhom baxsh etadi - ular ijtimoiy tarmoqlarda ezgu va zavqqa to‘la izohlari bilan bo‘lishishadi. 

Luigi Pische / facebook 
Piera Angiola Maglioli / facebook
Roberto Alessandro Diaz / facebook 

Uning ezgu amallari — biz uchun ibrat, chunki yaxshilik va jasorat uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Olijanob amallarni bajarish uchun hech qachon kech emas. 

 

Mavzuga oid