Jahon | 09:34 / 15.03.2018
4831
1 daqiqa o‘qiladi

Bokuda Ozarboyjon, Turkiya, Eron va Gruziya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi    

Foto: RIA Novosti

15 mart kuni Bokuda Ozarboyjon, Turkiya, Eron va Gruziya tashqi ishlar vazirlari Elmar Mamedyarov, Mavlut Chavusho‘g‘lu, Javod Zarif va Mixail Janelidzening to‘rt tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Vazirlar mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilishadi. 

“Uchrashuvda to‘rt tomonlama asosda tinchlik o‘rnatish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha, turli, jumladan iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi”, deb aytdi Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligi vakili Hikmat Gajiyev.

Avvalroq 2017 yil sentabrda Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya, 20 dekabrda esa Ozarboyjon, Eron va Turkiya tashqi ishlar vazirlarining uch tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan.      

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid