Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda sobiq vazir 10 yilga qamaldi
Foto: Tengrinews.kz
Ostona jinoiy ishlar bo‘yicha tumanlararo ixtisoslashgan sudining sudyasi Odilxon Shayxislomov Qozog‘iston milliy iqtisodiyot sobiq vaziri Quvondiq Bishimbayevga hukm chiqardi. U bir necha marotaba o‘ta yirik miqdorda pora olishda ayblangandi.
Mamlakat milliy iqtisodiyot sobiq vaziri Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 2 moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi hamda 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bundan tashqari, u maksimal xavfsizlik tizimiga ega bo‘lgan jazoni ijro etish muassasasida saqlanadigan bo‘ldi. Shuningdek, Bishimbayevga umrbod davlat xizmati va davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlandi, uning 60 ming dollar va 5,7 mln tenge miqdoridagi pullari davlat foydasiga musodara etildi.
Shuningdek, sud mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyevga Q.Bishimbayevni «Kurmet» davlat mukofotidan mahrum etish haqida murojaat bilan chiqqan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025