Putin ShHTning keyingi sammiti qaysi shaharda o‘tkazilishini ma'lum qildi
Shanxay hamkorlik tashkilotining keyingi sammiti Rossiyaning Chelyabinsk shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin «Rossiya - imkoniyatlar mamlakati» forumi loyihasi g‘oliblari bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tgan.
«Hozirgina Chelyabinskda ShHT sammiti o‘tkazilishi haqidagi farmonni imzoladim. Hozirgina», degan Putin.
Chelyabinskdagi sammit 2020 yilda o‘tkaziladi.
Tashkilotning eng yaqin sammiti 2018 yil iyunida Xitoyning Tsindao shahrida bo‘lib o‘tadi.
2017 yilgi sammitga Qozog‘istonning Ostona shahri mezbonlik qilgandi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti 1996 yilda «Shanxay beshligi» nomi ostida tashkil etilgan va unga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston asos solishgan. 2001 yilda tashkilotga O‘zbekiston ham a'zo bo‘lgach, uning nomi «Shanxay hamkorlik tashkiloti» deb o‘zgartirilgan. O‘zbekiston uch bor — 2004, 2010 va 2016 yillarda tashkilot sammitiga mezbonlik qilgan. 2016 yilgi sammitda tashkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qilish bo‘yicha memorandum imzolangandi. Ostonadagi sammit chog‘ida bu davlatlar to‘laqonli a'zolarga aylandi va tashkilotga a'zo davlatlar soni 8 taga yetdi.
Ayni paytda to‘rt davlat tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Bular: Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston. Kuzatuvchilik maqomiga erishish uchun ariza bergan yana uch davlat bor: Suriya, Misr va Bangladesh.
Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarboyjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya, Shri-Lanka.
Mavzuga oid
07:47 / 27.07.2024
Chelyabinsk viloyatida to‘g‘on yorilishi: beshta qishloq suv ostida qoldi
13:43 / 01.04.2024
Rossiyada «Makfa» ishi bo‘yicha 100 trillion rubllik aktivlar xatlovga olindi
18:48 / 08.11.2023
Rossiyaning bir hududida migrantlarga jamoat transportini boshqarish taqiqlandi
20:05 / 16.10.2023