Jumladan, 2008 yilda tug‘ilgan A.M., 2018 yilda tug‘ilgan Z.O., 2018 yilda tug‘ilgan F.O., 2020 yilda tug‘ilgan I.O. va 2023 yilda tug‘ilgan T.S.ni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida Chelyabinsk viloyati Ijtimoiy munosabatlar vazirligi Vasiylik va homiylik ishlarini tashkil etish markazi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tomonlar masalaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqib, Bosh konsulxona xodimi guvohligida voyaga yetmagan fuqarolarni topshirish va qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirdilar.

Voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari shu yil 11 oktyabr sanasida "Yekaterinburg-Toshkent" aviareysi orqali vatanga kuzatib qo‘yildi.











