Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston O‘zbekistondan gazni bozor narxidan ikki barobar arzonga sotib oladi
2018 yilda O‘zbekiston Tojikistonga 15,1 mln dollarga 126 million kubometr tabiiy gaz yetkazib beradi. Bu haqdagi tegishli bitim «Tojiktransgaz» va «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasida imzolangan, deya xabar berdi mahalliy OAV Tojikiston Respublikasi hukumatidagi manbaga tayangan holda.
Manbaning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Tojikistonga «ko‘k yoqilg‘ini» har bir ming kubometr uchun 120 dollardan sotadi, bu esa ayni damdagi jahon narxlaridan ikki barobarga arzonroq (birjadagi jahon narxi bugungi kunda - 1000 kubometr uchun 277 dollarni tashkil etadi).
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston tabiiy gaz uchun qo‘shimcha talablar bo‘lgan taqdirda Tojikistonga yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor.
O‘zbekiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni 2012 yilda to‘xtatgan.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026