12:33 / 16.03.2018
8329

Suriya xalqi azob-uqubati tugashi kerak, Rossiya va AQSh muloqotni boshlashi darkor – Qozog‘iston

Foto: Kazinform

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanovning fikricha, Suriya fuqarolari o‘z siyosiy tizimi kelajagini o‘zlari qurishi kerak. Bu haqda u 16 mart kuni, Eron, Rossiya va Turkiya TIV rahbarlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, global hamjamiyat qator xavfli to‘qnashuvlarga guvoh bo‘ldi, ular zo‘ravonlik holatlarining ortishiga olib keldi.

«Ushbu yangi qurolli harakatlar oddiy fuqarolar orasida, jumladan ayollar va bolalar o‘rtasida ko‘plab qurbonlarga olib keldi. Biz Suriya xalqining azob-uqubatlari tugashi lozimligini ta'kidlashda davom etamiz. Suriyadagi oddiy odamlarga juda shafqatsiz mojaro vaqtida katta zarar yetkazildi. Bugun Suriyada ko‘rayotgan narsamiz, nafaqat mintaqaviy barqarorlikni shubha ostiga oladi, balki siyosiy yechim topish bo‘yicha sa'y-harakatlarga ham zarar yetkazadi. Ostonada erishilgan kelishuvlar faqat qog‘ozda qolishi kerak emas. Ular muhim natijalarni berishi lozim», - deya ta'kidlab o‘tdi Q.Abdrahmanov.

Uning xabar berishicha, Qozog‘iston Rossiya va AQSh ushbu masala bo‘yicha konstruktiv muloqot boshlashi kerak, degan fikrda. «Bu ikki ta'siri baland kuchning Suriyadagi vaziyatga yechish topish bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorligi barcha tomonlar va Suriya xalqi manfaatlariga javob beradi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi vazir.

Top