Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Rossiya harbiylari Afg‘oniston chegarasi yaqinida mashq o‘tkazdi
Foto: «Zvezda» telekanali
Tojikiston va Rossiya harbiy xizmatchilari Afg‘oniston chegarasi yaqinida keng ko‘lamli mashqlar o‘tkazdi. Bu haqda «Zvezda» telekanali xabar bermoqda.
«Tojikiston va Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari ishtirokidagi qo‘shma jamoaviy-shtab mashqlarining asosiy bosqichi Afg‘oniston bilan chegaradan 15 kilometr masofada joylashgan Harbmaydon poligonida yakunlandi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, mashqlar davomida har ikki davlat harbiy xizmatchilari noqonuniy qurollangan tuzilmalar bilan kurash bo‘yicha amaliyotni o‘tkazishda o‘zaro muvofiqlashgan holda harakatlanish usullari ustida ishlashgan.
«Shartli jangarilar boshqariluvchi mina maydonlari yordamida bloklab qo‘yildi va zirhli texnika qo‘llab-quvvatlovi bilan motoo‘qchilar tomonidan tor-mor keltirildi», - deya aniqlik kiritiladi xabarda.
Shuningdek ma'lum qilinishicha, tadbirga ikki mingdan ortiq harbiy xizmatchi va 400dan ko‘proq jangovar texnika birligi jalb etildi.
Mavzuga oid
21:59 / 06.02.2026
Rossiya Eronga kamida 4,4 milliard dollar naqd pulni yashirin yetkazdi – OAV
13:53 / 06.02.2026
Estoniya Rossiya bilan chegaradagi ikki punktda harakatni cheklaydi
13:46 / 06.02.2026
Kiyevda 1100 dan ortiq uy kamida ikki oy issiqliksiz qoladi
12:25 / 06.02.2026