Sport | 20:15 / 17.03.2018
6415
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Bunyodkor» Farg‘onada g‘alaba qozondi

Foto: Tribuna.Uz

Superliganing 3-turidan olgan o‘yinlar davom etmoqda.

Farg‘onaning «Neftchi» klubi o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qildi. O‘yin taqdirini toshkentliklar tomonidan urilgan yagona gol hal qildi.

53-daqiqada Sardor Sobirxo‘jayev oshirgan to‘pni Xurshid G‘iyosov mezbonlar darvozasiga yo‘lladi.

Bu natijadan so‘ng, «Bunyodkor» 7 ochko bilan musobaqa peshqadami bo‘lib oldi. «Neftchi» 2 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.

Superliga, 3-tur
17 mart, Farg‘ona
Neftchi (Farg‘ona) – Bunyodkor (Toshkent) - 0:1 (0:0) 
Gol:
Xurshid G‘iyosov (53)

Hakamlar: I.Tantashev (Buxoro), A.Kalinin (Qarshi), A.Burov (Buxoro), Sh.Nasibullayev (Namangan). Nazoratchi – S.Ermatov (Toshkent).
Neftchi: 77.Vitaliy Mirniy, 2.Iskandar Shoyqulov, 3.Shukurali Po‘latov, 4.Sunnatilla Ermatov (10.Anvar Berdiyev, 81), 5.Jalil Kimsanov, 8.Abbosbek Maxstaliyev, 9.Abdul Aziz Yusupov, 20.Husniddin G‘ofurov (23.Abdurahmon Abdulhaqov, 46), 25.Alisher Samatov (22.Abdujamol Isroilov, 31), 55.Avaz Agaliyev 95.Dostonbek Tursunov
Bunyodkor: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 6.Anvar G‘ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 11.Murodjon Toshmatov, 18.Sardor Sobirxo‘jayev, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 30.Xurshid G‘iyosov (3.Islomjon Qobilov, 90+5), 44.Mirjamol Qosimov (28.Davronbek Umirov, 54), 99.Filip Rayyevats (9.Shahzodbek Nurmatov, 67)
Ogohlantirishlar: Husniddin G‘ofurov 30, Davronbek Umirov 60, Dostonbek Tursunov 70, Shahzodbek Nurmatov 85, Abdurahmon Abdulhaqov 89.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid