Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Dubay amiri sahroda qumga tiqilib qolgan xorijliklarni qutqardi
Dubay amiri, Birlashgan arab amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri bo‘lmish shayx Muhammad ibn Rashid al-Maqtum sahroda xorijliklarga yordam ko‘rsatdi. U qumga tiqilib qolgan xorijliklarning avtomobilini tortib qumdan chiqarishga yordam ko‘rsatgan.
Tvitterda sayyoh Hanna Karen Arroyo Dubay amiri bilan sahroda tushilgan suratni e'lon qildi, ko‘p o‘tmay bu surat amirlikdagi nashrlarda tarqaldi.
«Dubay sahrosida men va mening do‘stlarim shayx Muhammad ibn Rashid tomonidan qutqarildik», deya yozgan u.
Fotolardan birida amirning Mercedes Benz G-class rusumli, Dubai No raqamli avtomobilini ko‘rish mumkin. Unga qalin kabel ulangan. Ikkinchi fotoda esa turistlar amir bilan jilmaygancha suratga tushishganini aks etgan.

Mavzuga oid
18:53 / 28.06.2026
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026