UN Tourism tomonidan e’lon qilingan World Tourism Barometer hisobotida qayd etilişiça, 2026 yilning yanvar–mart oylarida Özbekiston xalqaro turistik taşriflar ösişi böyiça dunyodagi eng yaxşi natija körsatgan mamlakatlardan biri bölgan.
Hisobotga köra, mazkur davrda eng yuqori ösiş Paragvayda 46 foiz, Yangi Kaledoniyada 45 foiz va Salvadorda 43 foiz bölgan. Keyingi örinlarda Möğuliston (39 foiz), Özbekiston (37 foiz), Palau (37 foiz), Tonga (25 foiz), Angilya (25 foiz), Irlandiya (24 foiz) va Bruney (23 foiz) qayd etilgan.
Hujjatda ta’kidlanişiça, jahon turizmi 2026 yilning birinçi çoragida ham ösişni davom ettirgan. Uşbu davrda xalqaro turistik safarlar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 2 foizga köpayib, 307 million nafarga yetgan.
Mutaxassislar fikriça, Özbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy şaharlari va turizm infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan islohotlar mamlakatning xalqaro sayyohlar uçun jozibadorligini oşirişda muhim omil bölib xizmat qilmoqda.








