Jahon | 16:50 / 18.03.2018
12573
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaliklar O‘zbekistondagi saylov uchastkasida faol ovoz berishmoqda

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi fuqarolari RF prezidenti saylovlarida faol ovoz berishmoqda. Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev ma'lum qilgan. 

"O‘zbekistonda yashovchi yoki vaqtincha mehnat qilayotgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari respublika poytaxti Toshkent shahridagi uch saylov uchastkasi, shuningdek Buxoro va Farg‘onadagi saylov uchastkalarida RF prezidenti uchun ovoz berishmoqda. Barcha saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ochilgan", - dedi Tyurdenev. 

Toshkent shahridagi saylov uchastkasi. Foto: Sputnik

Elchining so‘zlariga ko‘ra, soat 12:00ga borib, 2012 yil saylovlari uchun ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida - ikki baravar, Buxoroda - to‘rt baravar va Farg‘onada besh baravarga oshgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonning Navoiy, Guliston, Samarqand va Olmaliq shaharlarida tashkillashtirilgan muddatidan avval ovoz berish jarayoni ham faol kechdi.

Toshkent shahridagi saylov uchastkasi. Foto: Sputnik

Diplomatik vakolatxona rahbari saylovlarga tayyorgarlik jarayonlarida mahalliy hokimiyat va idoralarning to‘laqonli qo‘llab-quvvatlanganini alohida ta'kidladi. 

Mavzuga oid