19:45 / 19.03.2018
15319

Turkmaniston prezidentining kitoblari: choy, harbiylar va otlar haqida

Foto: AFP

Joriy yilning 2 mart kuni Turkmaniston Respublikasi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov o‘zining yangi kitobini keng jamoatchilikka tanishtirdi. Davlat rahbarining mazkur asari 2018 yil nashrdan chiqqan ilk mualliflik kitobi bo‘lib, amaldagi prezidentlik davri uchun taxminan qirqinchi kitob sanaladi.

«Arkadag‘ doktrinasi - salomatlik va ilhomlanish asosi» deb nomlangan yangi asar mamlakatda olib borilayotgan sportni ommalashtirish siyosatini ochib berishga harakat qiladi. Prezident kitob taqdimotida tadbir ishtirokchilariga nashrdan chiqqan kitobning nusxalaridan sovg‘a ulashgandi.

Foto: Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati

Aslida Berdimuhammedov turli mavzularga murojaat etishni yoqtiradi: choy, otlar, musiqa, dorivor o‘simliklar, harbiylar va davlat boshqaruvi shular jumlasidandir. 

2017 yilda Berdimuhammedov 4ta mualliflik kitobini e'lon qilgan bo‘lib, yil oxirida beshinchisiga qo‘l urgani haqida bildirgandi. O‘tgan yili 17 fevralda uning «Mardlar vatanni ulug‘laydi» nomli kitobi nashrdan chiqqandi. Navbatdagi kitob mamlakat Qurolli kuchlari kelajakda qanday shakllanishi lozimligi haqida tasavvur beradi.

Foto: Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati

2017 yil 12 avgustda esa Turkmaniston IIV harbiy qismlaridan birida prezidentning «Mard yigitlar g‘ayrat uchun tug‘ilur» asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bir oy o‘tib, prezident zotdor turkman otlari haqida ijodni boshlab yuborgani e'lon qilingandi. Biroq, shu paytgacha bu kitobning taqdiri noma'lumligicha qolgan.

O‘tgan yilning 28 sentabr va 9 oktabr kunlari Turkmaniston davlat rahbari ketma-ket ikkita kitobini e'lon qildi. Statistikaga ko‘ra, Gurbanguli Berdimuhammedov 2016 yilda 7ta kitob yozib, nashrdan chiqargan.

Foto: Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati

Bulardan tashqari, har yili prezidentning ma'ruzalari to‘plami yakka kitob shaklida ham nashr etiladi. Masalan, 2017 yilda 10 tomdagi shu turkumdagi to‘plam ommaga taqdim etilgan.

Mavzuga oid
Top