Turkmanistonning Arqadağ şahrida katta masjid qurilişi jadal davom etmoqda, uning yonida Gurbanguli Berdimuhammedov maqbarasi qurilmoqda. Bu haqda Turkmen.news xabar berdi.

Qayd qilinişiça, masjidning özi davlat budjetiga 400 million dollarga tuşadi. Maqbaraning narxi ma’lum emas. Naşr manbasining ta’kidlaşiça, ikkala bino ham «haşamatli körinadi». Ular qimmatbaho toşlar bilan bezatilgan böladi.

Turkmanistondagi eng katta masjid 2004 yilda birinçi prezident Saparmurat «Turkmanboşi» Niyozov tomonidan qurilgan va uning nomiga atalgan. Masjid yonida Niyozov oilasining maqbarasi ham barpo etilgan. Unga uruşda halok bölgan otasi va zilzilada halok bölgan onasi bilan ikki akasining hoki qöyilgan. 2 yil ötgaç, Saparmurat Niyozov vafot etganida, şu maqbaraga dafn etilgan. Qayd qilinişiça, masjid va maqbara qurilişiga 100 mln dollar sarflangan.

Arqadağ şahri Ahal viloyatida noldan qurilgan va Turkmanistonning ikkinçi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov şarafiga nomlangan. U Turkmanistonda Arqadağ (Orqatoğ, homiy) unvoniga ega.