Bayram boşlandi, eng çiroyli gaplardan yozib, samimiy tilaklar bildiriş örniga yana oğirroq mavzuga qöl urdim. Yöl tösiqni böyaşga çiqqan yoşgina öqituvçi qizning ölimi xaqida noxuş xabar tarqaldiyu, şaxsiy poçtamga şu mavzuda ham fikr bildirişimni söralgan bir neçta maktublar keldi. Avvalambor, Allohning irodasi, qismat. Marhumaning oxirati obod bölsin, oila a'zolariga ta'ziyamni izhor etaman. Fojiaga aybdor kimsalar haqida mendan oldinroq yozib bölişdi, sabablar ham tahlil qilinyapti. Men sal boşqaçaroq maqola yozgim keldi. Keling, darrov birovni yomonlaşdan boşlamayda, fidoyi bir rahbar xaqidagi xotiralarim bilan örtoqlaşay. 

Maktabni 1992 yili bitirganman. Öquvçilik yillarimni yaxşi eslayman. Öşa vaqtlarda ham öqituvçi, şifokorlar yagana, çopiq, paxta terimi va boşqa işlarga jalb etilar, faqat quvasoyliklargina majburiy mehnatdan iloji boriça ozod etilib, qimmatli vaqtlari öğirlanmasdi. Çunki, şahar hokimi ma'rifatparvar rahbar edi! Imkon topdi degunça ota-onalar bilan suhbatlaşar, tarbiya va ta'lim muassasalarining iş faoliyatini selektorlardagi hisobotlardan emas, xalqdan sörab örganardi. «Uning kelib-ketganini bilmay ham qolar edik» deb eslovçi nafaqadagi muallima yana bir qança xislatlarini tilga oldi: «Sabzavotlarni qayta tayyorlovçi omborlar bölardi. Bir kuni öşa yerda işlayotgan öquvçilar va nazorat qilayotgan öqituvçinining oldiga tuşib, qaro terga botgunça işlagan, söng qarşisida qaltirab turgan ombor mudiriga qarab, «Endi iş çiqsa, meni çaqir!» deb obdon tuzlagan edi. Sobiq ittifoq davrida ön yetti marta Şarof Raşidov huzuriga borib «Quvasoyning tabiatiga mos, serşira mevali boğlar yarataylik» degan ham şu kişi böladi. Paxta dalalari tugatilgaç esa, kattakon yiğinda sözga çiqib, öqituvçilarga qarata «Endi bolalarni yanayam zör öqitasizlar!» degan ekan. 

U maktablar taqdim etadigan körsatkiçlarga faqat bir maqsadda köz taşlar, ya'ni jimjimali beşlari köp bilim dargohlarini alohida nazoratga olardi. Söngra öşa maktablar yölida öquvçilarni töxtatib, savol–javob qilişni yaxşi körardi. Agar javob beruvçining bilimidan qoniqsa, yoş boladay qarsak çalib, aksi bölsa darrov amaliy çoralar körardi. Ortiqça dabdaba va bloknot kötargan mulozimlarisiz sinfxonalarni aylanib, oxirgi partalarning birida jimgina ötirib, darslarni kuzatişni kanda qilmasdi. Agar özi guvoh bölgan darsdan köngli tölmasa, muallimni samimiy suhbatga çorlab, mavjud muammolarga qölidan kelgança yeçim topar, öşanda ham özgariş bölmasa, darslardan çetlaştirardi. Nainki öqituvçilar, maktab rahbarlari, hatto «GorONO» mudirini işiga befarq bölmay, tepsa-tebranmaslarni kazo-kazo tankalari bölsa ham bu sohaga yaqinlaşa olmaydigan qilib çetlaştirardi. Quvasoyliklarning ğururi bölgan Şuhrat Şerxonoviç Ahmedov mana şunday odam edi! 
Hozirçi?! 

Hozirgi hokimlar ham bolajonlar bilimi bilan qiziqişadimi? Albatta! Faqat, Şuhrat Ahmedov kabi savol-javob qiliş uçun emas, yanayam yuqoriroqqa ketadigan hisobotlar tuman, şaharlar obrösini tökmasligi uçungina qayğurişadi. «Davomatni nazorat qiliş Xalq ta'limi bölimi zimmasida, mening boşqa vazifalarim ham tiqilib yotibdi!» degan bahona ham bor! Biroq, iş joyidan ajralib qolişni istamaydigan beçora öqituvçilarni xohlagan musiqalariga öynata olişadi.