«Dizayn Apple tomonidan Kaliforniyada tayyorlangan. Xitoyda yiğilgan». (Designed by Apple in California. Assembled in China)
Uşbu gaplar sönggi ön yillik davomida eng maşhur bölgan uyali aloqa vositasi ortida şunçaki yozilmagan. Sözlarning mohiyati şundan iboratki, AQŞ yangi texnologiyalarni yaratadi, Xitoy işçi kuçini taqdim etadi.
Ortiq bunday bölmaydi. Raqobatdan qörqmagan Xitoyning ilğor kompaniyalari qatorida Alibaba va Tencent'ning jahon bozoridagi uluşi ayni paytda Facebook'nikidan oşgan. Ularning har biri 500 milliard AQŞ dollari miqdorida bozor kapitalizatsiyasiga ega. Dunyodagi eng katta onlayn bozor ham Xitoyda, bu mamlakatda eng tezkor super-kompyuter mavjud. Xitoy bir vaqtning özida qudratli kvant-kompyuter tadqiqot markazini işga tuşirdi. U yaratayotgan yöldoşli qidiriş uskunasi (GPS) 2020 yildan keyin amerikaliklar bilan bemalol raqobat qilişga imkon beradi.
Amerika esa içki murosasizlik ummoniga ğarq bölgan. Xitoyning intellektual mulk va ixtiroçilar huquqlarini poymol etayotganini isbotlaş böyiça tergov ham Amerika kompaniyalariga 1 trillion AQŞ dollariga tuşadi. Joriy yil boşida Kongress Uzoq Şarqning Huwaei va ZTE kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini töxtatiş böyiça taklifni körib çiqqandi. Amerikaliklarni şunçalar taşvişga solgan omil - Xitoy sun'iy aql yaratişda 2025 yilda jahon yetakçiligini qölga kiritişi mumkin. Bu haqda Google ta'sisçi Alphabet korporatsiyasi sobiq boşqaruvçisi Erik Şmidt ta'kidlab ötgandi.
Bu haftada AQŞ prezidenti Donald Tramp yana bitta siyosiy iqtisodiyot tarafida turib qaror qabul qildi: u Broadcom kompaniyasi tomonidan Qualcomm hisobiga tikilgan 142 milliard AQŞ dollarga taqiq qöyişga majbur böldi. Maqsad bitta - milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan Xitoy 5G sohasida yetakçi bölmasligi lozim. Balki Tramp haqiqiy tahdidni anglagan holda bu işga qöl urgandir, balki AQŞ razvedka xizmati sarmoya ortida Xitoy turganini payqagandir, ammo Xitoydan ustun kelişni istagan har qanday davlat tiz çöktirişni boşlamay, strategik qadamni taşlaşi lozim.
Har qanday davlat uçun iqtisodiyot jadal sur'atda rivojlanayotganda yuqori texnologik yutuqlardan foydalaniş tabiiy hodisa hisoblanadi. Qolaversa, Xitoyda sun'iy aqlni tezroq yaratiş imkonini beruvçi eng qulay şaroitlar, jumladan 800 milliondan ortiq internet foydalanuvçilari, kuçli nazoratga olingan global tarmoq, AT mutaxassislarining klaster şakli mavjud.
Xitoydagi televideniye va öyinçoq mijozlarining köpligi kişi psixologiyasi, uning harakatlarini oldindan taxmin qiliş imkoniyatini beradi. Bu yurtda işlab çiqariş va arzon işçi kuçi, resurslar yetarli ekanligi katta ustunlik beradi. AQŞning zamonaviy şaroitda olib borayotgan siyosatiga Xitoy qanday javob beradi? Buni taxmin qiliş uçun AQŞning özi ötgan asrning 50-60 yillarida qanday qilib SSSR bilan fazoda va qurollaniş poygasida bahslaşganini eslaymiz.
Hukumat, eng avvalo, ta'lim tizimini erkinlaştirib, tadqiqot markazlarini yoxud miyalarni köpaytirib yuborgandi. Şu tariqa Silikon vodiysi paydo bölib, erkin va raqobatbardoş hayot keçiruvçi kompaniyalar kurtak yozdi. Bundan taşqari, AQŞ dunyo böylab «oltinboşlar»ni mamlakatga taklif etib, immigrantlar siyosatini deyarli bexato olib bordi. Bunday muvaffaqiyat rejasi amalda foyda berişi mumkin. Faqat rejani kim birinçi boşlamoqçi?!
AQŞ Xitoyning raqamli tahdidlariga javoban özining milliy xavfsizlik himoya çoralarini ham qayta körib çiqişi maqsadga muvofiq böladi. Broadcom Singapurda joylaşgan Xitoy emas, balki AQŞning kompaniyasidir. 2015 yil olingan statistikaga köra, Amerika hukumati izlaniş va tadqiqotlar uçun mamlakat YaIM 0,6 foiziga teng mablağni sarflamoqda. Bu raqam 1964 yili sarflangan mablağning uçdan biriga teng. Ustiga ustak, prezident Tramp 2019 yil byudjyetini tasdiqlaşda 42,3 foiz harbiy bölmagan sohalar rivoji uçun sarflanajak pullarni iqtisod qilib qolişini aytdi. U immigrantlar siyosatini qat'iylaştirib, AQŞni yopiq siyosat olib borişga yetaklamoqda.












