O‘zbekiston | 10:00 / 20.03.2018
8130
3 daqiqa o‘qiladi

Navro‘z kunlari poytaxtda transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati

Toshkent shahar hokimligining rasmiy saytida shahar hokimining 2018 yil 17 martdagi №57-F sonli farmoyishiga ilova bo‘lmish Navro‘z bayrami kunlari barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati e'lon qilindi.

2018 yil 20–22 mart kunlari soat 06.00dan soat 21.00gacha quyidagi ko‘chalar barcha turdagi transport vositalari uchun berkiladi:

  • Ko‘rgazma ko‘chasi — KXAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;
  • Sandiqqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasi — KXAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;
  • Sandiqqo‘rg‘on 3-tor ko‘chasi — KXAY ko‘chasidan Korxoji ota 1-tor ko‘chasiga qadar;
  • A.Po‘lat ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;
  • Usta Shirin ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;
  • Korxoji ota 1-tor ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;
  • Korxoji ota ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;
  • Labzak ko‘chasi — Qodiriy ko‘chasidan Zulfiyaxonim ko‘chasiga qadar;
  • A.Qodiriy ko‘chasidan Labzak ko‘chasiga tushish yo‘li.

​​Shuningdek, 2018 yilning 20–22 mart kunlari bayram tadbirlari o‘tkaziladigan «Eko» bog‘i, Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Talabalar shaharchasi, «Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘i, G‘afur G‘ulom bog‘i, «Grin Park» oromgohi, «Bog‘ishamol» bog‘i, Temiryo‘lchilar bog‘i, «Do‘stlik» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Hayvonot bog‘i, «Do‘stlar» bog‘i va Bobur bog‘iga  tutash ko‘chalar va boshqa ko‘chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovini vaqtincha to‘xtatishga ruxsat etiladi.

Sharoit taqozo etganda boshqa qo‘chalarda xam qisqa muddatga transport vositalari harakati cheklanishi mumkin, deyiladi shahar hokimligining rasmiy saytida e'lon qilingan xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid