09:10 / 21.03.2018
9700
Reklama

Artel korxonasi O‘zbekiston fuqarolarini Navro‘z ayyomi bilan tabriklaydi

Foto: Artel

Bahorda tabiat o‘yg‘onadi, yer yam-yashil o‘t bilan qoplanadi. Maysalar, lolayu-binafshalar bo‘y ko‘taradi va ko‘zimizni quvontiradi. Bahorda osmon to‘la qaldirg‘ochlar kuyi hamda oyog‘imiz ostida yarqiragan momaqaymoqlar dilimizni zavqga to‘ldiradi. Bahorda barchamiz kutgan Navro‘z bayrami kirib keladi.

Ushbu shod-hurram ayyomda eski arazlarni unutish va bayram ila xonadonga baraka va serobgarchilikni olib kirish darkor. Navro‘z xayrixohlik va mehmondo‘stlik kabi ezgu hislarni qalbimizda yanada kuchaytiruvchi, har birimizni bir-birimizga yaqinlashtiruvchi, jipslashtiruvchi muborak bayramdir. Navro‘z kuni hamma qo‘ni-qo‘shnilar shirinliklar va turli pishiriqlar bilan ulashadi.

Har bir xonadon halim, holva, ko‘k-somsa va qovoqli somsa kabi pishiriq va taomlar iforiga to‘ladi. Butun mahalla yig‘ilishib birgalikda tuni bilan bahorning asosiy taomi – lazzatli Sumalakni tayyorlashadi

Foto: Artel

Artel barcha O‘zbekiston fuqarolarini Navro‘z ayyomi bilan tabriklaydi. Biz Sizga baxt-saodat, sog‘lik-salomatlik, xonadoningizga fayz-baraka tilaymiz. Ishlaringizga omad va muvaffaqiyat doimo yor bo‘lsin. 

Biz o‘z navbatida Siz uchun yanada qulay, yanada sifatli maishiy texnika ishlab chiqarishga, hamda yurtimizning taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Bir-birimizga yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi urf-odatlar va an'analar bizni hech qachon tark etmasin. Navro‘z ayyomingiz muborak, qadrli Do‘stlar!

Top