Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuror Xabi Alonso uchun 5 yillik qamoq jazosini so‘radi
Ispaniya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Xabi Alonso soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda gumonlanmoqda.
Prokuror Alonso ishi yuzasidan 5 yillik qamoq jazosi so‘radi, deb xabar beradi Football Espana. Avvalroq, u futbolchi uchun 8 yillik qamoq jazosi va 8 mln yevro jarima so‘ragan edi.
Ayblovchilarning fikriga ko‘ra, futbolchi imij huquqlaridan olgan daromadini Madeyra orolida ro‘yxatdan o‘tgan ofshor kompaniyasi orqali yashirgan va hech qanday soliq to‘lamagan.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2015 yilda ham xuddi shunday ish bo‘yicha sudlangan, ammo oqlangan edi.