Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Navro‘z ayyomi keng nishonlandi - fotogalereya
Foto: KUN.UZ
Samarqand shahrida Navro‘z tantanalari xalq sayli ko‘rinishida shahar va viloyat aholisi tomonidan qizg‘in nishonlanmoqda.
Asosiy tantanalar shahar markazidagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek «Yoshlik» bog‘i, Registon va Teatr maydonlarida ham san'atkorlar va badiiy jamoalar yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashib turishdi.
Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida viloyatdagi ko‘plab korxona va tashkilotlar, o‘quv dargohlari, yoshlar ittifoqi bo‘limlari tomonidan bahoriy ne'matlar dasturxoni tashkil etildi. Doshqozonlarda palov va sumalak tayyorlandi. Yig‘ilganlarga ulashildi. Istirohat bog‘ida turli tanlovlar ham o‘tkazildi. Keksa nuroniylardan tortib yoshlargacha — barcha shu yerda jamuljam bo‘lishdi.
Istirohat bog‘iga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi. Bog‘ aylanib, yig‘ilganlarni shaxsan o‘zi qadimiy bayram bilan muborakbod etdi.
Bayram tantanalari shahardagi So‘lim, Farhod, Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi istirohat bog‘larida ham davom ettirilmoqda.
Shuhrat Shokirjonov,
Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
18:30 / 29.04.2026
Samarqandda 1 maydan jamoat transportida yo‘lkira narxi oshadi
20:13 / 26.04.2026
Samarqandda 490 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:56 / 25.04.2026
Saida Mirziyoyeva: “Haqqoniy holatni hisobotlarda emas, o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun tez-tez kelib turaman”
13:21 / 21.04.2026