O‘zbekiston | 23:00 / 21.03.2018
24230
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi

Bugun, 21 mart kuni Navro‘z bayramida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Samarqandga tashrif buyurdi va bayramni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazdi.

Qo‘shni davlat rahbari O‘zbekiston xalqini Navro‘z ayyomi bilan tabrikladi.

«Bugun Navro‘z, shu kunda Shavkat Miromonovichning taklifi bilan O‘zbekistonga keldim. Butun o‘zbek xalqini Navro‘z bayrami bilan qutlayman.

Biz yaqinda Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ilk maslahat uchrashuvini o‘tkazdik. Prezidentlar birga bo‘lishga, savdo-sotiqni, madaniyatni birga rivojlantirishga kelishdik. Alloh bizni qo‘llasin!

Qozoq bilan o‘zbek xalqining tarixi, tili, dini, borlig‘i bir. Bu necha zamonlardan, asrlardan beri saqlanib kelmoqda. Ota-bobolarimizning aytganlarini yodda saqlab, birga bo‘lmog‘imiz kerak. Bugungi qiyin zamonda bir-birimizga ko‘makdosh bo‘lishimiz kerak», dedi Qozog‘iston rahbari.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid