20:20 / 22.03.2018
8197

Beyl Uels tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi

Foto: AP

Uels terma jamoasi Xitoy xalqaro kubogida mezbonlarga qarshi o‘yin o‘tkazib, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl bellashuvda het-trik qayd qildi. Natijada, futbolchi terma jamoadagi gollari sonini 29taga yetkazib oldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Avvalgi rekord afsonaviy Ian Rashga tegishli bo‘lib, 73ta o‘yinda urilgan 28ta golga teng edi.

Beyl Uels terma jamoasi tarkibida 69ta o‘yinda maydonga tushib, JCh saralashida 8ta, Yevropa chempionati saralashida 12ta, o‘rtoqlik o‘yinlarida 6ta va Yevro-2016 musobaqasida 3ta gol urgan.

Mavzuga oid
Top