Jahon | 14:20 / 22.03.2018
10262
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy yangi bojlar tufayli AQShga javob choralari bilan tahdid qildi

Foto: Reuters

Xitoy AQSh savdoda uning qonuniy manfaatlarini cheklab qo‘yadigan bo‘lsa, javob choralarini ko‘rish niyatida. Bu haqda RIA «Novosti» XXR Tijorat vazirligi bayonotiga asosan xabar bermoqda.

«Xitoy tomoni o‘z pozitsiyasini ko‘p bora ifoda etdi. Biz AQShning bir tomonlama protektsionistik choralariga qat'iy qarshi chiqamiz. Xitoy tomoni o‘zining qonuniy huquqlari va manfaatlari buzilayotganini shunchaki kuzatib turmaydi. Biz barcha kerakli choralarni ko‘ramiz hamda o‘z qonuniy manfaatlarimizni qat'iy himoya qilamiz», - deya aytib o‘tishgan vazirlikdan.

Ma'lum bo‘lishicha, Xitoy savdo idorasi Amerika tomoni Xitoy-Amerika savdo-iqtisodiy munosabatlarini yaxshi tushuna olishi va ham o‘ziga, ham boshqalarga zararli bo‘lgan harakatlardan tiyilishiga umid qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid