Jahon | 12:32 / 23.03.2018
4967
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniyada mintaqaning yangi rahbarini tanlay olishmadi

Foto: Reuters

Kataloniyada «Kataloniya uchun birgalikda» partiyasi vakili Jordi Turul parlamentda ko‘pchilik ovozni to‘play olmadi hamda mintaqa hukumati rahbari lavozimiga tasdiqlanmadi. Bu haqda El Mundo yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, 135 deputatdan uning uchun faqat 64 kishi ovoz berdi. Agarda yaqin ikki oy ichida Kataloniya parlamenti mintaqani boshqaradigan shaxsni tanlay olmasa, u tarqatib yuboriladi, hududda esa yangi parlamentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karles Puchdemon Kataloniya yetakchisi bo‘lishdan bosh tortgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid