Kataloniya sobiq rahbari Karles Puçdemonning ma'lum qilişiça, muxtor hamjamiyat hukumatiga rahbarlik qilişdan qamoqda bölgan siyosatçi Jordi Sançesning foydasiga voz keçadi. Bu haqda u Bryusseldan murojaatida aytib ötdi.
"Jordi “Kataloniya uçun birgalikda” qadriyatlarini eng yaxşi tuşunadigan odam. Bu tinçlikni yaxşi köruvçi inson. Bu qamoqqa adolatsiz tarzda taşlangan odam", - deya ma'lum qildi Puçdemon videomurojaatda.
Jordi Sançes – “Kataloniya milliy assambleyasi” jamoat taşkiloti sobiq rahbari. Unga isyonni taşkillaştiriş va davlat mablağlarini noqonuniy ravişda sarflaş böyiça ayblov qöyilgan. U iş sudda körib çiqilgunga qadar qamoqda saqlanmoqda.
"Kataloniya mustaqil respublika böliş huquqiga ega, demokratik va huquqiy… Bu majburiy maqsad. Bu maqsad uçun içkaridan va taşqaridan siyosat olib boriş lozim", - deya ma'lum qildi u.
Puçdemonning qöşimça qilişiça, "yaqin kunlarda" Kataloniya parlamenti a'zolarini “tantanali marosimga çaqiradi, unda yangi bosqiç boşlanadi va real mustaqillikka olib boruvçi yölni körsatadigan Respublika Kengaşi ta'sis etiladi”, - deya aytib ötdi Belgiyada Ispaniya sudidan yaşirinayotgan sobiq amaldor.

















