21:03 / 24.03.2018
12552

BMT dunyoda ochlikdan aziyat chekayotganlar sonini e'lon qildi

Foto: pixabay.com

So‘nggi ikki yil ichida oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligidan aziyat chekayotganlar soni 55%ga oshgan. Bu haqda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bisli Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida gapirgan.

Bisli xabariga ko‘ra, 2015 yilda 80 million nafar inson ochlikdan aziyat chekkan bo‘lsa, 2017 yilda bu raqamlar 124 millionga yaqinlashgan.

Bunga sabab sifatida, inson qo‘li bilan vujudga keltirilgan muammolar va tabiiy ofatlar, xususan Suriyadagi harbiy harakatlar va Afrika qit'asida sahrolar hududining kengayishi ko‘rsatilgan.

Ijrochi direktor barcha mamlakatlarga murojaat qilib, bu soxadagi joriy xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish va urushlarni to‘xtatishga chaqirgan.

Top