Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hazar TV» telekanalining «Sirdash» ijodiy guruhi Samarqand haqida ko‘rsatuv tayyorlamoqda
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati
Ozarboyjonning «Hazar TV» telekanali orqali namoyish etiladigan «Sirdash» sayyohlik shousining navbatdagi soni boshlovchining Samarqand bo‘ylab sayohatiga bag‘ishlanadi. Ijodiy guruh 19-26 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taklifiga binoan Samarqand shahrida bo‘ladi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston haqidagi mazkur ko‘rsatuvning diqqat markazida aynan Samarqand shahri bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, «Hazar TV» telekanali delegatsiyasi boshlovchi Raxib Aliyarzade, rejissyor Shaxbaz Rasulov, operator Elnur Abbasovlardan iborat guruh o‘z tashrifining birinchi kunida Samarqandda Navro‘z bayrami jarayonlarida ishtirok etishdi. Shuningdek, tur davomida ular Samarqand an'analari hamda me'moriy va etnografik yodgorliklarini o‘rganib, tasvirga olishi rejalashtirilgan.
«Ozarboyjon televideniyesida Samarqandning turizm, madaniyat, an'analari va me'moriy yodgorliklarining yangi imkoniyatlariga doir hikoyalar, o‘z navbatida mamlakatga keluvchi xorijiy sayyohlar sonining oshishiga sabab bo‘ladi. Ijodiy guruh s'yomkalari bayram sayllari, milliy taomlar festivallari, bellashuvlarga boy umumxalq Navro‘z bayramiga to‘g‘ri kelganini hisobga oladigan bo‘lsak, ko‘rsatuvning navbatdagi soni naqadar yorqin va qiziq bo‘lishini tasavvur qilish mumkin», deyiladi qo‘mita xabarida.
Ma'lumot uchun, «Sirdash» ko‘rsatuvi Ozarboyjonning «Hazar TV» telekanali orqali har hafta efirga uzatib boriladi. Bu vaqt ichida ko‘rsatuv ijodiy guruhi ko‘plab mamlakatlarda bo‘lib qaytishgan.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:45 / 14.05.2026
Samarqand 2045 yilgacha ikki baravar kengayadi
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026