Jamiyat | 07:54 / 24.03.2018
4943
1 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan shaxs fuqarolarni 7 mln so‘m va 5 ming dollarga chuv tushirdi

Foto: KUN.UZ

Navoiy shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 22 mart kuni IIBga tushgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yil iyun oyida Navbahor tumani “Arimjon” mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1973 yilda tug‘ilgan O.F. Samarqand shahrida yashovchi A.H. va Tayloq tumanida yashovchi N.M.ga “Navoiyelektrokimyo” zavodidagi eski binolarni buzib olish uchun hujjatlarni tayyorlab berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchlariga kirib, 7 mln.750 ming so‘m puli va 5 ming AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida O.F. qo‘lga olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid