O‘zbekiston | 00:10 / 26.03.2018
9164
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat aktivlari tajriba tariqasida onlayn-auksionda sotiladi va ijaraga beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 22 martdagi №209-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra Toshkent viloyatida davlat aktivlarini elektron savdolar orqali sotish va ijaraga berish mexanizmini eksperiment tarqiasida joriy etish to‘g‘risidagi taklif qabul qilingan va unga ko‘ra belgilanayotgan tartibga muvofiq Toshkent viloyatida davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish faqat «elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida onlayn-auksionlar shaklida tashkil etiladigan elektron savdolar orqali:

  • 2018 yil 10 maydan boshlab — xususiylashtiriladigan, shu jumladan, «nol» xarid qiymati bo‘yicha, ko‘chmas mulk davlat obektlari, shuningdek, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlarini investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilish sharti bilan sotiladi;
  • 2018 yil 1 iyuldan boshlab — davlat mulki ijaraga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda davlat aktivlarini elektron savdolar orqali sotish tizimini, uning Toshkent viloyatidagi samaradorligini hisobga olgan holda, eksperiment yakunlariga ko‘ra butun rsepublika bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan 2018 yil 1 oktabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasiga taklif kiritishadi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid