Çiroyli avtoraqamlarning onlayn-auksioni ötkaziladigan avtoraqam.uzex.uz saytida bugun ötkazilgan savdolardan birida Samarqand viloyatiga tegişli bölgan 30 Z 777 ZZ avtoraqami rekord narxda sotildi. Xaridorlardan biri mazkur avtoraqamni 596.525.000 sömga sotib oldi. Qayd etilişiça, mazkur avtoraqamning boşlanğiç narxi 111 million 500 ming söm bölgan. Savdo jarayonida xaridorlar tomonidan uning narxi 100 martadan oşiqroq kötarilgan.Xaridor avtoraqam narxiga qöşimça 25 million söm vositaçilik yiğimi ham tölaydi.

Mazkur avtoraqam savdosi davom etayotgan pallada ijtimoiy tarmoqlarda 30 Z 777 ZZ avtoraqamini taqib yurgan avtomaşinalarning foto va videolavhasi tarqaldi. Şundan söng Samarqand viloyat içki işlar boşqarmasi tarqalgan foto va videolavhaga munosabat bildirdi. Unda 30 Z 777 ZZ davlat raqam belgisi viloyat IIB YHXB ixtiyorida saqlanayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videotasvirdagi avtomaşinalar taqib turgan raqam fotoşop dasturi orqali qöyilgani ma'lum qilindi.

Ma'lumot örnida, çiroyli avtoraqamlarning onlayn-auksioni Özbekiston Respublikasi tovar-xomaşyo birjasi kömagida avtoraqam.uzex.uz saytida ötkaziladi.

Ilk savdo 2017 yil 14 sentyabr kuni ötkazilgan va öşanda soat 15:24 da Jizzax viloyatida yaşovçi şaxs 7.563.637,5 söm (öşa paytdagi kursda 934 dollar bölgan) ga 25 E 070 EA raqamini xarid qiladi.

Keyinçalik xaridorlar avtoraqamlarni ança baland narxlarda sotib ola boşlaşdi. Bugungi savdogaça auksionda sotilgan eng qimmat raqam — 30 777 AAA hisoblanar edi. Uni 2017 yilning 1 noyabr kuni Samarqandda istiqomat qiluvçi işbilarmon 287 million söm (öşa paytdagi kurs böyiça 35.500 dollar bölgan) ga sotib olgan. Öşanda mazkur avtoraqamning boşlanğiç bahosi 14.977.500 söm (öşa paytdagi kurs böyiça1873 dollar bölgan) edi va auksion savdo jarayonlarida narx 20 barobarga ösgan.